Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqand Jahon hunarmandlar shahri maqomini oldi

Samarqand Jahon hunarmandlar shahri maqomini oldi

Samarqand Jahon hunarmandlar shahri maqomini oldi. Tegishli sertifikat 16 avgust kuni xalqaro kengash prezidenti Sa’ad Xani al-Qaddumiy tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

"Bu maqom shaharning xalqaro nufuzini yanada oshiradi. Xorijiy sayyohlar oqimi ko‘payadi, hunarmandlar uchun yangi bozorlar ochiladi va sohaning rivojlanishiga qo‘shimcha turtki beriladi", — dedi u.

Samarqandda kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi xalq amaliy san’atining ko‘plab yo‘nalishlari asrlar davomida rivojlanib kelgan.

Bungacha mazkur xalqaro e’tirof 2019 yilda Qo‘qonga, 2022 yilda Buxoro va Marg‘ilonga berilgan. Keyinchalik Rishton kulolchilik, Shahrixon esa pichoqchilik va do‘ppido‘zlik an’analari bilan ro‘yxatdan joy oldi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda bunday maqomga ega shaharlar soni yettitaga yetdi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!