Rossiya migrantlarni ishga qabul qilishning yangi tizimini joriy etishni 2027 yil martiga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.
Rossiya hukumati xorijiy xodimlarni uyushgan holda ishga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni 2027 yil 1 yanvardan 1 martga ko‘chirishni niyat qilmoqda. Bu haqda «Kommersant’» federal idoradagi manbalariga tayanib xabar bermoqda. Qonun loyihasini tayyorlashning kechikishi va zarur raqamli infratuzilmani yaratishdagi muammolar bunga sabab bo‘lgan.
Yangi tizim mehnat migrantlarining muayyan ish beruvchilar taklifiga ko‘ra kelishini va ruxsatnoma hujjatlarining elektron reestr bilan almashtirilishini nazarda tutadi. Eksperimentni Moskva va Moskva viloyatidan tashqari sepes sepes sepes butun Rossiya bo‘ylab tatbiq etish rejalashtirilgan. Belarus fuqarolari, yuqori malakali mutaxassislar va ayrim maxsus hududlar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan.
Ish beruvchilarga IIVda ro‘yxatdan o‘tish, xodimlarning genom ro‘yxatdan o‘tishi uchun haq to‘lash va 15 nafardan ortiq xorijlikni ishga olganda ularni turar joy bilan ta’minlash majburiyati yuklanadi. Migrantlar esa identifikasiya kartalarini olishlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari hamda reestrda ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi: vizasiz davlatlardan kelganlar uchun 3 ming rubl va vizali migrantlar uchun 8 ming rubl.
Tizim ishga tushgan vaqtda Rossiyada bo‘lib turgan xorijiy xodimlar olti oy ichida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Aks holda, loyihada ularni deportasiya qilish nazarda tutilgan. To‘plangan turli baholarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 3 milliondan ortiq migrant mehnat qilmoqda. IIV hozircha axborot tizimining prototipini taqdim etmadi va izoh berishdan tiyildi.