Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp va Putin kelishuvidan so‘ng Rossiya dizeli ortilgan birinchi tanker AQShga yo‘l oldi

Tramp va Putin kelishuvidan so‘ng Rossiya dizeli ortilgan birinchi tanker AQShga yo‘l oldi

«Agioi Fanendes» tankeri Nyu-Yorkga 22 oktyabr kuni Boltiqbo‘yidagi Primorsk portida ortilgan 40 ming tonnaga yaqin Rossiya dizel yoqilg‘isini olib bormoqda. LSEG moliyaviy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Malta bayrog‘i ostidagi kema AQShga 7 noyabr kuni — Kongressga oraliq saylovlardan keyin yetib borishi kerak.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyadan yetkazib berish evaziga keskin ko‘tarilgan yoqilg‘i narxlarini pasaytirishga umid qilmoqda. 3 noyabrdagi saylovlar oldidan uning reytingi tushmoqda, so‘rovnomalarga ko‘ra esa respublikachilar demokratlarga imkoniyatni boy bermoqda.

Ushbu kelishuv Trampning avvalgi pozisiyasiga keskin zid keladi: bir yil oldin u Yevropa mamlakatlarini Rossiya energiya resurslarini xarid qilayotgani uchun tanqid qilib, bu daromadlar Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirayotganini ta’kidlagan edi. Endi esa Vashington sanksiyalarni vaqtincha yumshatish doirasida Rossiya dizeli bilan bog‘liq ba’zi operasiyalarga ruxsat berdi.

Tramp e’lon qilgan rejalarga ko‘ra, oktyabr oyida Rossiya Amerika va jahon bozoriga 300 ming tonna, noyabr oyida yana 500 ming tonna, keyinchalik esa bir million tonna dizel yetkazib berishi kerak. Kelajakda AQSh prezidenti yetkazib berish hajmini besh million tonnagacha yetkazish haqida gapirgan edi.

Kiritildi: 19:50 25.10.2026. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!