Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KNDR) Janubiy Koreya bilan chegarada targ‘ibot karnaylarini qayta ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jon ma’lum qilib, ushbu qadamni Janubiy Koreya harbiylarining harakatlariga «munosib javob» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilmalar oktyabr oyi oxirigacha ishlay boshlashi kerak.
Har ikki Koreya ilgari ham psixologik urush uchun karnaylardan foydalangan: ular orqali chegaraning u tomonidagi aholiga mo‘ljallangan siyosiy xabarlar va boshqa materiallar uzatilgan. O‘tmishda Pxenyan Janubiy Koreyaning chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga psixologik ta’sir o‘tkazish uchun baland shovqinli tovushlarni ham poylagan.
Janubiy Koreya harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida Shimoliy Koreya chegara bo‘ylab 960 mingga yaqin piyodalarga qarshi minalar o‘rnatgan. Seul bahosiga ko‘ra, demilitarizasiya qilingan hududda umumiy hisobda ikki millionga yaqin mina, jumladan Janubiy Koreya tomonidan o‘rnatilganlari bo‘lishi mumkin.
Pxenyan, shuningdek, chegarani qo‘shimcha g‘ovlar va tikonli simlar bilan mustahkamlamoqda, ikki mamlakat o‘rtasidagi avvalgi avtomobil va temiryo‘l o‘tish joylari esa portlatib yuborilgan.