NATO Bosh kotibi Mark Ryutte va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa o‘z xavfsizligi masalasida endi Qo‘shma Shtatlarga tayana olmasligini ma’lum qilishdi.
«Evropa o‘z mudofaasining katta qismini tashqi pudratga (autsorsingga) topshirib qo‘ygan davr yakunlandi», — deyiladi fon der Lyayen va Ryuttening The Economist nashri uchun yozgan qo‘shma maqolasida.
Mualliflarning ta’kidlashicha, NATO doirasidagi Yevropa davlatlari juda uzoq vaqt davomida Amerikaning harbiy imkoniyatlariga umid qilib kelishgan.