Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi

Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi

Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezident uning harbiy unvonini general-mayordan general-leytenant darajasiga oshirgan.

Rustam Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2026 yil yanvaridan beri ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U yangi lavozimda 2020 yil dekabridan buyon Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonovning o‘rnini egalladi. U 17 iyul kuni kechqurun ishdan haydalgani ma’lum bo‘lgandi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmati haqida

Prezident davlat xavfsizlik xizmati — prezident, uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning oila a’zolarining butun hayoti davomida, shuningdek, xorijiy davlatlar rahbarlarining tashriflari chog‘ida ularning va boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslarning, ularga tegishli ob’ektlar hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan maxsus davlat organidir.

Manba: Daryo.uz

Kiritildi: 09:47 18.07.2026. O'qildi: 1694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!