Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Kiyevga hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va olti kishi jarohat oldi.

Bu haqda Kiyev meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.

"Kiyevda dushman hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Poytaxtning olti nafar aholisi, jumladan, 16 yoshli bola jarohat oldi. Tibbiyot xodimlari uch nafar yaradorni kasalxonaga yotqizishdi", dedi Klichko.

Payshanba kuni kechqurun mahalliy hokimiyat havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qildi. Darniskiy tumanida raketa parchalari turar-joy bo‘lmagan binoga tushib, yong‘inga sabab bo‘ldi. Svyatoshinskiyda omborga zarba berilgani haqida xabar berilgan.

Kiritildi: 11:16 16.07.2026. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!