Rossiyaning Berlindagi elchixonasi Germaniya maxsus kuchlarining ehtimoliy harbiy to‘qnashuvga tayyorgarligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Rossiyani jang maydonida mag‘lub etish imkonsiz. Mamlakatimizga strategik mag‘lubiyat yetkazish g‘oyalari mutlaqo istiqbolsiz», — deyiladi elchixonaning RIA Novosti agentligiga bergan bayonotida.
Diplomatik vakolatxona ushbu fikrni Germaniya maxsus kuchlari qo‘mondonligining Rossiya bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi ma’lumotlariga javoban bildirgan.