Rossiyaning Kabardino-Balkariyadagi Bezengi darasida ko‘chki oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va yana 10 kishi bedarak yo‘qoldi.
Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyidan uch nafar jabrlanuvchini evakuasiya qilishgan; ular vertolyotda Nalchikka olib ketilgan va u yerda Tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga topshirilgan.
Ikki jabrlanuvchining jasadlari ertaga evakuasiya qilinishi rejalashtirilgan.
Mijirgiy yonbag‘ridan ko‘chki tushib, 15 nafar alpinistni ko‘mib tashlagan.