Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch nafar farzandi bilan vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch nafar farzandi bilan vatanga qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan og‘ir ahvolga tushib qolgan yurtdoshimizga uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Vatanga qaytishida yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qayd etilishicha, elchixonaning konsullik bo‘limiga O‘zbekiston fuqarosi A.S. tomonidan murojaat kelib tushgan. U o‘z murojaatida 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya hududida qonuniy maqomsiz yashab kelgani, hujjatlar hamda moliyaviy imkoniyatlarining mavjud emasligi sababli farzandlari uchun munosib shart-sharoit yarata olmayotganini bildirib, O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.

Konsullik bo‘limi xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Rossiyaning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ayolning uch nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar va konsullik yig‘imlari undirilmagan holda qaytish guvohnomalari rasmiylashtirib berilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Migrasiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ko‘magida ayol va uning farzandlari uchun “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva Urganch yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, ularning vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.

Kiritildi: 17:40 17.07.2026. O'qildi: 807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!