Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi "zapravka"ga hujum qildi, qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi "zapravka"ga hujum qildi, qurbonlar bor

Rossiya kuchlari Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga "Shahed" droni bilan zarba berdi, natijada uch kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi.

Krivoy Rog mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkul bu haqda o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba Krivoy Rog yaqinida joylashgan Shirokivska jamoasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga qaratilgan.

Hujum natijasida 41 yoshli erkak, 40 yoshli ayol va 8 yoshli bola halok bo‘lgan.

Hodisa joyida shoshilinch qutqaruv operasiyasi davom etmoqda va zarba oqibatlari haqida ma’lumot aniqlanmoqda.

Kiritildi: 06:40 04.08.2026. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!