Rossiya halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini topshirishga ruxsat berish uchun 6 iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan 21:00 gacha) Ukrainaning Kostyantinovka shahrida sulh tuzishni taklif qildi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qildi.
"Rossiya tomoni ushbu shaharda halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning jasadlarini topshirish bo‘yicha gumanitar operasiya o‘tkazishga tayyor", deyiladi bayonotda.
Vazirlik 2026 yil 5 iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 ga (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) qadar Ukraina tomonidan mavjud razvedka kanallari orqali javob kutayotganini ta’kidladi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaning Donesk viloyatidagi Kostyantynovka shahri ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qilgan edi. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bu ma’lumotni rad etdi.