Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Markaziy bankining oltin zaxiralari so‘nggi besh yildagi eng past darajaga tushdi

Rossiya Markaziy bankining oltin zaxiralari so‘nggi besh yildagi eng past darajaga tushdi

Rossiya Markaziy bankining oltin zaxiralari 1 iyul holatiga ko‘ra 73,4 million troy unsiyasini tashkil etdi. Bu 2020 yil fevralidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Rossiya OAV Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin zaxiralari 2026 yil boshidan buyon izchil kamayib bormoqda. Agar 1 yanvar holatiga ko‘ra zaxiralar 74,8 million troy unsiyasini tashkil etgan bo‘lsa, fevral oyida 300 ming unsiyaga qisqargan. Aprel oyiga kelib bu ko‘rsatkich 74,1 million, 1 may holatiga 73,6 million, 1 iyun holatiga esa 73,7 million troy unsiyasini tashkil etgan. 1 iyul holatiga kelib yana 300 ming unsiyaga kamayib, 73,4 million troy unsiyasiga tushgan.

Shu tariqa, Rossiyaning oltin zaxiralari hajmi 2020 yil fevral oyidan beri eng past darajaga yetdi. O‘sha vaqtda mamlakatning xalqaro zaxiralarida 73,3 million troy unsiya oltin mavjud edi.

Bundan tashqari, mart oyida mamlakat xalqaro zaxiralarida oltin ulushining so‘nggi 13 yildagi eng keskin qisqarishi kuzatildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 47,5 foizdan 44,6 foizga tushgan. Bu 2013 yil yozidan beri qayd etilgan eng katta pasayish hisoblanadi.

Mutaxassislar fikricha, oltin zaxiralarining qisqarishiga so‘nggi yillarda oltin narxining o‘sishi ortidan foydani qayd etish omillaridan biri bo‘lishi mumkin.

Rossiya Markaziy banki esa oltin zaxiralari kamayishining sabablarini rasman izohlamagan. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bunday o‘zgarishlar oltindan hisob-kitoblarda foydalanish, zaxiralarni boshqarish operasiyalari yoki xalqaro aktivlar tarkibining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 20:52 22.07.2026. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!