Rossiya Davlat dumasi mamlakat tashqarisida bo‘lgan va o‘ziga berilgan jazolardan qochib yurgan shaxslarga qarshi “Vaqtincha cheklov choralari to‘g‘risidagi” qonunni qabul qildi. Endilikda ularning bank hisoblari muzlatiladi, mamlakatdagi uy-joylari hamda mashinalarini sotish taqiqlanadi.
Yangi qonundagi cheklov va taqiqlar Rossiyadan tashqarida bo‘lgan va Jinoyat kodeksining istalgan moddasi bo‘yicha sudlangan barcha shaxslarga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, cheklovlar ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanganlarga ham taalluqlidir.
Bunday huquqbuzarliklarga xorijiy agent sifatida faoliyat yuritish, nomaqbul tashkilot faoliyatida qatnashish, Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzishga da’vat qilish, sanksiyalar joriy etishga da’vat qilish, Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish kiradi.