Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya mamlakatdagi Gyote instituti bo‘limlari va Sankt-Peterburgdagi Germaniya konsulligini yopadi

Rossiya mamlakatdagi Gyote instituti bo‘limlari va Sankt-Peterburgdagi Germaniya konsulligini yopadi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, konsullik o‘z ishini 18 sentyabr kuni to‘xtatishi kerak, uning barcha xodimlari ushbu sanagacha mamlakatni tark etishlari lozim.

TIV, shuningdek, Rossiyadagi Gyote instituti bo‘limlari ishi to‘xtatilganini rasman e’lon qildi. Qayd etilishicha, ularning xodimlari 13 sentyabrgacha Rossiyadan ketishlari shart.

"Rossiya va Germaniya munosabatlaridagi keskinlikning yangi bosqichi oqibatlari uchun javobgarlik to‘lig‘icha Berlinning zimmasidadir", deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Germaniya 1 sentyabr kuni Bonndagi Rossiya konsulligi yopilishi va Berlindagi “Rus uyi” o‘z ishini to‘xtatishini e’lon qilgan edi. Bu Germaniyaning Leypsig aeroportidagi diversiyaga, ya’ni portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlar Ukrainaning transport samolyotiga hujum qilganiga javoban amalga oshirilgandi. Germaniya rasmiylari hujum uchun javobgarlikni rasman Rossiya zimmasiga yukladi.

Kiritildi: Bugun 10:21. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!