Ukrainadagi SOCAR yoqilg‘i quyish shoxobchasiga Rossiya Qurolli Kuchlarining dronlari hujum qildi.
5 iyul kuni kechqurun Nikolayev viloyatida joylashgan SOCAR yoqilg‘i quyish shoxobchasiga hujum qilingan. Hujum natijasida yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgan.
SOCAR Energy Ukraine ma’lumotni tasdiqladi va Nikolayev viloyati Nechayane qishlog‘i, Odeska ko‘chasi, 2A-uyda joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga uchta Shahed tipidagi hujumchi dronlar hujum qilganini ta’kidladi. Hujum natijasida yoqilg‘i quyish shoxobchasining ma’muriy binosi shikastlangan.
Kompaniya oldindan ko‘rilgan xavfsizlik choralari, havo hujumi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish va boshpana mavjudligi tufayli jiddiyroq oqibatlarning oldini olinganini ta’kidladi. Hujum paytida barcha xodimlar boshpanada bo‘lgan va hech kim qurbon bo‘lmagan.
So‘nggi kunlarda Rossiya kuchlari Ukraina bo‘ylab yoqilg‘i quyish shoxobchalariga katta havo hujumlari uyushtirgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Jitomir viloyatidagi Berezina qishlog‘ida sodir bo‘lgan portlashlar SOCAR Energy Ukrainening ikkita yoqilg‘i quyish shoxobchasiga jiddiy zarar yetkazgan edi.
Bundan tashqari, 8 avgust kechasi Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Odessa viloyatidagi SOCAR neft omboriga Shahed tipidagi dronlar yordamida hujum qildi. Hujum natijasida yong‘in sodir bo‘ldi va to‘rt kishi jiddiy jarohat oldi.