Zelenskiy Rossiya 7 iyulga qadar Ukrainaga yangi ommaviy zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan ogohlantirdi.
Ukraina prezidenti bu haqda razvedka ma’lumotlariga tayanib, o‘zining kechki videomurojaatida ma’lum qildi.
"Rossiyaliklar yangi ommaviy zarbaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida razvedka ma’lumotlari kelib tushmoqda. Bu Putinga xos uslub. Ushbu zarbalar Qo‘shma Shtatlarning Mustaqillik kunidan keyin va Anqaradagi NATO sammiti oldidan yuz berishi ehtimoli yuqori", — dedi u.
Zelenskiy ukrainaliklardan ehtiyotkorroq bo‘lishni va havo hujumi trevogasi signallarini e’tiborsiz qoldirmaslikni so‘radi. Shuningdek, u g‘arblik ittifoqchilarini Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi.
AQSh Mustaqilligi kuni 4 iyul kuni nishonlandi. Anqaradagi NATO sammiti 7–8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.