Krishtianu Ronaldu qishki transferlar oynasida «An-Nasr»ni tark etishi mumkin. Bu fikrni saudiyalik jurnalist Saud al-Sarami bildirdi.
«Krishtianu “An-Nasr” uchun o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘lgan futbolchiga aylandi. Menimcha, u qishki transferlar oynasida ketadi», — deb al-Saramining so‘zlarini The Nassr Tribune keltirdi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» Osiyo Chempionlar ligasida «Al-Ayn»dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganida maydonni xafa holda tark etdi. Ronaldu Saudiya klubida 2023 yil boshidan buyon to‘p tepmoqda. Amaldagi shartnoma yulduz hujumchini Saudiya klubi bilan 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha bog‘lab turadi.