«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesning «Barselona»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, kataloniyaliklar ushbu bitim yaqin vaqt ichida amalga oshishiga ishonmoqda. Manbaga ko‘ra, «Barselona» Rodri transferini kelasi haftadayoq rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, ispaniyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, Rodrining mavsumlik maoshi 15 million yevroni tashkil etadi.
30 yoshli Rodri o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.