Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorovga maktub yo‘lladi. Nemis jurnalistlari mazkur xat mazmunini Vladimir Zelenskiyga nisbatan yashirin tanbeh sifatida baholashdi.
Bu haqda RND tahririyatlar birlashmasi xabar bermoqda.
Jurnalistlar qo‘liga kelib tushgan maktubda Pistorius Fyodorovga birgalikdagi ish uchun minnatdorlik bildirgan va uning lavozimidan ketishi munosabati bilan afsusda ekanini izhor qilgan.
«Sening o‘z ishingni davom ettira olmayotganingdan juda afsusdaman va kelajakda ham siyosiy jihatdan faol bo‘lishingga umid qilaman», — deyiladi maktubda.
RND bahosiga ko‘ra, bunday ifoda «noodatiy darajada ochiq-oydin» hisoblanadi.
Nashr mualliflarining fikricha, buni Zelenskiyga nisbatan bildirilgan yashirin tanqid sifatida qabul qilish mumkin, chunki Germaniya rasmiylari odatda xorijiy hukumatlardagi kadrlar o‘zgarishini o‘sha davlatlarning ichki ishi deb biladi.