Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Respublika bo‘ylab giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Respublika bo‘ylab giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX va IIV xodimlari hamkorligida respublika bo‘ylab giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

1. Namangan viloyati Norin tumanida istiqomat qiluvchi 1961 y.t. fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u 1 kg 595 gr “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

2. Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1973 y.t. shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘ziga tegishli qo‘shimcha tomorqada 839 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

3. Samarqand viloyatining Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 1995 y.t. shaxs Toyloq tumani hududida avtomashinada harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, undan 20 gr “geroin” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

4. Xorazm viloyatida qayd etilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi 1962 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs ham 36 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlandi.

5.Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi 1973 y.t. muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘z hovlisida issiqxona tashkil etib, unda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.

6.Bu kabi holat Andijon viloyatida ham kuzatilib, xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1965 y.t. shaxs o‘z tomorqasida 10 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:21 06.07.2026. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!