Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" 4-turdayoq mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (video)

"Real" 4-turdayoq mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (video)

«Real» Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida «Betis»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Troy Perrott gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Oradan olti daqiqa o‘tib mehmonlar hisobni tenglashtirgandek bo‘ldi — Karlos Espi qaychi uslubidagi zarba bilan to‘pni darvozaga kiritdi. Biroq VAR aralashuvidan so‘ng ofsayd qayd etildi va gol bekor qilindi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda Vinisius Junior penalti ishlab oldi. Ammo 11 metrlik jarima zarbasini Kilian Mbappe golga aylantira olmadi.

Ispaniya La Ligasi. 4-tur

04.09.2026 | Sevilya, «Estadio La Cartuja»

«BETIS» — «REAL MADRID» — 1:0

Gol: Troy Perrott 81’ (1:0).

Foydalanilmagan penalti: Kilian Mbappe 90’ (darvozabon qaytardi).

«Betis»: Alvaro Valyes, Natan, Mark Bartra (Bartra, 39), Diyego Lyorente, Ektor Belyerin, Mark Roka, Bernal (Deossa, 69), Pablo Fornals, Isko (Fidalgo, 60), Antoni (Rodrigo Rikelme, 77), Kucho Ernandes (Troy Perrott, 69).

«Real Madrid»: Tibo Kurtua, Mark Kukurelya, Din Xeysen, Ibraima Konate, Denzel Dyumfris (Trent Aleksandr-Arnold, 64), Eduardo Kamavinga (Bernardu Silva, 64), Federiko Valverde (Espi, 82), Vinisius Junior, Jud Bellingem, Arda Gyuler (Usman Diomande, 64), Kilian Mbappe.

Ogohlantirishlar: Bernal (64), Mark Roka (83), Natan (90) — Arda Gyuler (45), Ibraima Konate (55), Eduardo Kamavinga (62).

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!