«Barselona» hujumchilari Rafinya va Lamin Yamal La Ligada 86 yildan beri kuzatilmagan natijani takrorladi.
2026/27 yilgi mavsumning dastlabki 11 turida braziliyalik futbolchi 15 ta, 19 yoshli Yamal esa 10 ta gol urdi. Shu tariqa, ikki futbolchi birgalikda 25 ta gol muallifiga aylandi.
La Liga tarixida bunga qadar faqat ikki juftlik chempionatning dastlabki 11 turida kamida 25 ta gol kiritgan.
1930/31 yilgi mavsumda «Atletik» futbolchilari Bata va Iraragorri 26 ta gol urgan. 1940/41 yilgi mavsumda esa «Atletiko» hujumchilari Pruden va Kampos 25 ta gol qayd etgan.
Rafinya va Yamal Ispaniya chempionatida ushbu tarixiy natijani takrorlagan uchinchi duetga aylandi.