Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasidagi navbatdagi uchrashuv oldidan Toshkentga yetib keldi. Biroq jamoa «Paxtakor»ga qarshi bahsda bir qator yetakchilarisiz maydonga tushadi.

Arriyadiyah nashri ma’lumotiga ko‘ra, saudiyaliklar 31 oktyabr kuni Al-Ahso xalqaro aeroportidan xususiy samolyotda O‘zbekiston poytaxtiga uchib kelgan.

Bosh murabbiy Ange Postekoglu Krishtianu Ronalduni safar tarkibiga kiritmagan. Shuningdek, fransuz futbolchilari Muhammad Simakan va Kingsli Koman ham Toshkentga kelmagan.

Ma’lum qilinishicha, murabbiylar shtabi ushbu futbolchilar o‘rniga yosh o‘yinchilarga imkoniyat berishni ma’qul ko‘rgan.

«Paxtakor» va «An-Nasr» o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:10 31.10.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!