Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda

Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda

Ukrainadagi urush yakunlangach, Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.

Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish, Venesueladagi vaziyatni barqarorlashtirish hamda Eron atrofidagi holatni normallashtirish neft narxlarining pasayishiga yordam beradi.

“Tinchlik kelishuvlari tufayli, menimcha, neft narxlarining sezilarli darajada pasayishini ko‘rishimiz mumkin. Agar Venesuela, Eron, shuningdek Rossiya va Ukraina bilan bog‘liq masalalar hal etilsa, Moliya vazirligi sanksiyalari ostidagi juda katta hajmdagi neft cheklovlardan chiqarilib, bozorga kirib keladi”, — dedi Bessent.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!