Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda “Nukus city” barpo etiladi

Qoraqalpog‘istonda “Nukus city” barpo etiladi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–393-son, 05.11.2026 y.) qabul qilindi.

❇️ Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2027 yilda yuqori va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

🔹 yalpi hududiy mahsulot hajmi 108 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish – 107 foizga, bozor xizmatlari – 117 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish – 105 foizga, qurilish ishlari – 113 foizga o‘sishini ta’minlash;

🔹 eksport hajmini 550 mln AQSh dollariga, jami investisiyalar hajmini 2 baravarga oshirib 5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;

🔹 1-bosqichda past daromadli 125 ming oiladagi 513 ming aholini yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirish va boshqalar.

🏛 Qarorga ko‘ra, Nukus shahrida Jolshilar mahallasi Ashshiko‘l hududidagi 270 gektar maydonda 50 ming aholiga mo‘ljallangan ilg‘or arxitektura yechimi va energiya tejamkor texnologiyalar asosida “Nukus city” barpo etiladi. Bunda:

➡️ Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha tajribalardan kelib chiqib, xorijiy tashkilotlarning tavsiyalari asosida ilg‘or va kreativ bosh reja ishlab chiqish hamda arxitekturaviy yechimlar qo‘llanadi;

➡️ “smart city” yechimlarini qamrab olgan zamonaviy ko‘p kvartirali turar joylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar, parklar, yashil hududlar, favvoralar, sport maydonchalari, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa ob’ektlarni joylashtiriladi.

Kiritildi: 11:11 09.11.2026. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik