Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Oq uy Kongressning ayrim hujjatlarni taqdim etish talablariga qarshi chiqmoqchi

Oq uy Kongressning ayrim hujjatlarni taqdim etish talablariga qarshi chiqmoqchi

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kongress talab qilayotgan ayrim hujjatlarni taqdim etmaslik uchun kurashmoqchi. Bu haqda Oq uyning bosh yuriskonsulti Uill Sharf Bloomberg nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kelasi yili Kongressdagi o‘rinlar taqsimoti o‘zgargach, demokratlar Tramp faoliyati bo‘yicha bir qator tekshiruvlar boshlashi mumkin. Jumladan, prezidentning biznes vakillari bilan aloqalari ham o‘rganilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Oq uyning yuridik xizmatiga qo‘shimcha 15 nafarga yaqin advokat jalb qilingan.

Sharfning ta’kidlashicha, prezidentning shaxsiy yozishmalari maxfiylik huquqi bilan himoya qilinishi kerak. Oq uy bunday ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun o‘z huquqlarini himoya qilishga tayyor.

Kiritildi: 22:03 15.11.2026. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik