Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025 yil 14 maydan 18 mayga qadar bo‘lgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bog‘dorlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda aytilishicha, ushbu kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh ta’siri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu chora odamlarni issiq o‘tishi, quyosh urishidan himoya qilish hamda mehnat sharoitini xavfsizlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘chirish so‘raldi.

Kiritildi: 10:34 16.05.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!