Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQShda “asrning eng ijobiy burilishi” yuz berdi

 AQShda “asrning eng ijobiy burilishi” yuz berdi

AQSh prezidenti mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risidagi Kongressga yo‘llagan yillik murojaatida Qo‘shma Shtatlar har qachongidan ham kuchliroq, boyroq va barqarorroq ekanini ma’lum qildi.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chegaralari himoyalangan, iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, Vashingtonning raqiblari esa bosim ostida qolgan.

Tramp iqtisodiyot sohasidagi yutuqlar haqida gapirib, benzin narxlarining pasaygani, inflyasiya barqarorlashgani hamda uy-joy bozoridagi vaziyat yaxshilanayotganini qayd etdi.

AQSh yetakchisi tashqi siyosat masalasiga to‘xtalar ekan, HAMAS garovga olgan isroilliklar qaytarilganini eslatdi. Mazkur chiqish Rossiya bosqinining to‘rt yilligi sanasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham Ukrainadagi urush qisqacha tilga olindi. Trampning aytishicha, Oq uy ushbu urushni yakunlash uchun “katta ishlar” qilmoqda.

Shuningdek, Tramp migrasiya mavzusiga ham to‘xtalib, demokratlarga ovoz berish Qo‘shma Shtatlarning “ochiq chegarali davlat” bo‘lishi uchun ovoz berish bilan barobar ekanini aytdi. So‘ng prezident Kongress a’zolaridan “AQSh hukumatining birlamchi vazifasi noqonuniy migrantlarni emas, balki amerikalik fuqarolarni himoya qilishdir” degan fikrga qo‘shiladiganlardan o‘rinlaridan turishni so‘radi. Uning bu so‘zlaridan keyin faqat respublikachilar o‘rinlaridan turib, uzoq vaqt qarsak chalishdi.

Trampning nutqi qariyb 1 soat 47 daqiqa davom etdi va 2025 yilda uning o‘zi tomonidan o‘rnatilgan Kongress oldidagi eng uzoq nutq rekordini yangiladi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!