Bunga Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaning Novorossiysk portidagi neft terminaliga hujumi sabab bo‘lgan.
AQShdagi Ukraina elchisi Olga Stefanishinaning ma’lum qilishicha, AQSh Davlat departamenti Ukraina Qurolli kuchlarining 2025 yil noyabr oyida Novorossiyskdagi neft terminaliga hujumidan keyin unga demarsh (rasmiy diplomatik bildirishnoma) yuborgan.
Stefanishinaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining terminalga zarbasi Qozog‘iston orqali amalga oshirilgan Amerika investisiyalariga ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur demarsh hujumning AQSh iqtisodiy manfaatlariga ta’sir o‘tkazgani bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, elchi AQSh Rossiya harbiy va energetika infratuzilmasiga hujum qilishdan o‘zini tiyishni taklif qilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil noyabr oxirida Ukraina tomonidan Novorossiyskdagi “Shesxaris” neft terminaliga zarba berilgan edi. Terminal “Transneft”ga tegishli bo‘lsa-da, u orqali Qozog‘iston nefti ham eksport qilinadi. Terminal “Kaspiy quvur tizimi konsorsiumi” tarkibiga kiradi, uning aksiyadorlaridan biri esa AQShning esa Chevron kompaniyasi hisoblanadi.