Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Nufuzli bankning mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Nufuzli bankning mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

💵 Mamlakatimizdagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan audit soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni mazkur tizimda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSh dollari talab qiladi.

💥 Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablag‘i hisobidan 30 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!