AQSh prezidenti Donald Tramp brifingda 1974 yilgi Savdo to‘g‘risidagi qonunning 122-bo‘limiga binoan 10% global tarifni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini e’lon qildi.
Prezidentning so‘zlari Oq uyning ijtimoiy tarmoq sahifalarida jonli efirda namoyish etildi.
Bu AQSh prezidentining Oliy sudning tariflarni noqonuniy deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaroriga munosabati edi.
"Menga mamlakatni vayron qilish huquqi berilgan. Hatto xorijiy davlatga vayronkor embargo qo‘yishga ham ruxsat berilgan. Men ularga embargo qo‘yishim mumkin. Men xohlagan narsani qila olaman - lekin bir dollar ham undira olmayman", deb izoh berdi u.
Tramp Oliy sudning tarif qarori juda umidsizlikka uchraganini ta’kidladi: "Men sud a’zolarining ba’zilaridan uyalaman - juda uyalaman - ular mamlakatimiz uchun to‘g‘ri bo‘lgan ishni qilishga jur’at eta olmadilar".