Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkmanistonda 8 mart munosabati bilan ayollarga 60 manatdan pul tarqatiladi

Turkmanistonda 8 mart munosabati bilan ayollarga 60 manatdan pul tarqatiladi

Turkmanistonda 8 mart munosabati bilan prezidentdan sovg‘a sifatida ayollarga 60 manatdan pul tarqatiladi. Bu qora bozor kursida 3 dollar degani.

"Bu sovg‘a ayollarimizning mamlakat farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlardagi katta xizmatlarini, vataniga sodiq, sog‘lom va intiluvchan avlodni tarbiyalashdagi hissasini e’tirof etish maqsadida berilmoqda", deyiladi Turkmaniston hukumati rasmiy bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yildan buyon Turkmanistonda oziq‑ovqat va mahsulotlar narxlari bir necha barobarga oshgan. Masalan, 2019 yil mart oyida mol go‘shti 1 kilogrammi 22 manat bo‘lgan bo‘lsa, 2026 yil yanvarda narxi 110 manatga yetgan.

2019 yilgacha 8 mart uchun prezident sovg‘asi sifatida 40 manat (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 11,4 dollar) berilgan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!