Kirill Budanov Ukraina va Rossiya prezidentlari joylashgan siyosiy markazlar hamda qarorgohlarga zarba berilishiga qarshi chiqdi.
"Hozir murakkab tinchlik muzokaralari jarayoni ketayotgan bir paytda tomonlar bunday harakatlardan tiyilishi shart. Gap Kiyev yoki shartli ravishda Valday haqida ketishidan qat’i nazar, buning ahamiyati yo‘q. Muzokaralar paytida qoidalarga rioya qilish zarur", — dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari "RBK-Ukraina"ga bergan izohida.
Budanovning so‘zlariga ko‘ra, hatto “adolatsiz va bosqinchilik urushi” sharoitida ham tomonlar muayyan tamoyillarga amal qilibgina uzoq kutilgan barqaror tinchlikka yaqinlashish mumkin.
Dekabr oyida, muzokaralar o‘tkazilayotgan paytda, Rossiya Ukrainani Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum uyushtirishda ayblagan edi. Kiyev esa bu ayblovlarni rad etgandi.