Avvalroq, Tramp bunday hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishini aytgan edi.
“The Black Vault” resursidagi 3,8 mlndan ortiq raqamli fayllar, jumladan, Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy loyihalari va o‘zga sayyoraliklarga oid hukumat hujjatlari serverdan butunlay o‘chib ketgan.
Hodisa Trampning materiallarni ochiqlash bo‘yicha bergan topshirig‘idan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan.
Arxiv asoschisi Jon Grinuold sodir bo‘lgan voqeani texnik xatolik emas, balki serverdagi ma’lumotlarning maqsadli ravishda o‘chirilishi deb atadi.