Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda 2 yashar bolaning dahshatli o‘limida aybdor deb topilgan erkakka hukm o‘qildi

Jizzaxda 2 yashar bolaning dahshatli o‘limida aybdor deb topilgan erkakka hukm o‘qildi

Zomin tumanida 2025 yil 23 iyun kuni ayanli hodisa yuz beradi. Xorazm viloyati, Urganch shahridan bir oila dam olish maqsadida Zomin tumanidagi tog‘li qishloqqa keladi va mahalliy aholi uylaridan birida yashash uchun to‘xtaydi. Afsuski, ularning 2 yashar o‘g‘lini mashinada bosib ketishadi. Bolaning jasadi bir necha kundan keyin topiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining 2025 yil 10 dekabrdagi hukmiga muvofiq O. T. (erkak, 1994 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, “Zomin” sanatoriysida feldsher bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

▪️Sudning hukmi bilan O. T.ga 3 yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

✔️Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2026 yil 24 fevraldagi ajrimiga asosan birinchi instansiya sudining O. T.ga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

▪️Sud qarorlari ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!