Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda tashlandiq binoda o‘qitilgan maktab o‘quvchilari bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Qashqadaryoda tashlandiq binoda o‘qitilgan maktab o‘quvchilari bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bolalar maktab o‘rniga tashlandiq binoda o‘qitildi. Nega "rayONO" topshirig‘i rasmiy munosabatda aytilmadi?” sarlavhali xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Dehqonobod tumani Beshqo‘ton MFY Shakarbuloq qishlog‘ida joylashgan 80-maktabdagi holatni jamoatchilikka chiqargani uchun maktab qorovuliga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan va unga tazyiq o‘tkazilmagan.

Shu bilan birga, maktab direktori muammoni o‘z vaqtida yuqori tashkilotlarga ma’lum qilmagani hamda sharoiti yo‘q bo‘lgan binoda o‘quv jarayonini tashkil etgani uchun boshqarma boshlig‘ining 2026 yil 29 yanvardagi 51-K-sonli buyrug‘iga asosan intizomiy jazoga tortilgan.

Dehqonobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining mazkur holat yuzasidan topshiriq berganligi bo‘yicha hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xabarda ma’lum qilinishicha, aniqlangan kamchiliklar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Kiritildi: 22:46 30.01.2026. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!