Kiyev Varshava bilan munosabatlarni tiklash uchun birinchi qadamni qo‘yishi kerak.
Bu haqda kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Polsha Bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
Tusk Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakat Qurolli Kuchlari bo‘linmalaridan biriga "UPA Qahramonlari" unvonini berish to‘g‘risidagi qarorini "afsuslanarli" deb atadi.
"Biz Ukraina Prezident Zelenskiyning bu noxush qaroridan keyin birinchi qadamni qo‘yishini kutamiz. Kiyevdan juda aniq signal eshitish yaxshi bo‘lardi. Ular harakat qilishmoqda, lekin biz baribir buni aniq eshitishni istaymiz", deb ta’kidladi Bosh vazir.
Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlar iyun oyining o‘rtalarida Zelenskiy Maxsus operasiya kuchlarining "Shimol" Alohida Maxsus operasiyalar markaziga "UPA Qahramonlari (Ukraina Isyonchi Armiyasi)" faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganidan keyin yomonlashdi. 19 iyun kuni Polsha Prezidenti Karol Navroski Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Polshaning eng yuqori davlat mukofoti - "Oq burgut" ordenidan mahrum qilishga qaror qildi.
"O‘z navbatida, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Polsha prezidentining qarorini "strategik xato" deb atadi, Polsha bosh vaziri Donald Tusk esa ikkala tomonni ham vazminlikka chaqirdi.