Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pokiston Eron bilan muzokaralarda vositachilik qilgani uchun AQShdan 10 mlrd dollar so‘radi

Pokiston Eron bilan muzokaralarda vositachilik qilgani uchun AQShdan 10 mlrd dollar so‘radi


Islomobod Vashingtondan valyuta barqarorligini ta’minlash uchun 10 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratishni so‘radi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib Reuters ma’lum qildi.

Agar ushbu so‘rov tasdiqlansa, iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan ushbu mamlakat uchun katta ko‘mak bo‘ladi.

"Bu so‘rov Pokistonning Eron atrofidagi urush bo‘yicha muzokaralarda vositachilik qilganidan so‘ng yuzaga keldi. Bu vositachilik Islomobodning xalqaro sahnadagi mavqeyini oshirdi. Natijada mamlakat Vashington va boshqa hamkorlardan iqtisodiy manfaat ko‘rishdan umidvor bo‘lmoqda", deya qayd etadi Reuters.

Pokiston hukumati AQSh Moliya vaziri Skott Bescentga murojaat qilib, 5 yilgacha muddatga mo‘ljallangan 10 milliard dollarlik ikki tomonlama valyuta barqarorligi fondini ajratishni so‘ragan.

Kiritildi: 21:34 22.07.2026. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!