Nizomiy nomidagi pedagogika universitetining Chilonzor metrosi yaqinidagi asosiy o‘quv binosi hamda unga tutash ob’ektlar E-auksion orqali sotuvga chiqarildi.
Asosiy bino 269,2 mlrd so‘mga, kutubxona, oshxona va sport maydonchasi esa 207,2 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda baholangan.
Xaridor hududda xususiy ta’lim muassasasi ochishi shart. Binolar 2029 yil oxirigacha bo‘shatib beriladi. Auksion 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.