Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Pedagoglar uchun subsidiyaga arizalar 20 apreldan qabul qilinadi

Pedagoglar uchun subsidiyaga arizalar 20 apreldan qabul qilinadi

Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar 20 apreldan qabul qilinadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20 aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi.

Subsidiya hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi.

Ushbu dastur doirasida subsidiya olish uchun ariza beruvchi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos bo‘lishi va kredit tarixi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga javob berishi kerak.

Ariza beruvchi yoki turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘yicha ikki va undan ortiq uy-joy bo‘lmasligi, shuningdek kamida 15 yillik pedagogik stajga hamda oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi, my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklarining ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!