Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pedagog xodimlarga 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli beriladi

Pedagog xodimlarga 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli beriladi

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylari kuni“ munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.

➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘mni tashkil qiladi.

✔️ Ya’ni, pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylari kuni“ munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha miqdorida mukofot puli beriladi.

Kiritildi: 21:50 26.09.2026. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!