Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Pedagog va o‘quvchilar har o‘quv yilida psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi

Pedagog va o‘quvchilar har o‘quv yilida psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi



Endilikda pedagoglar, tarbiyachilar, o‘quvchilar, tarbiyalanuvchilar va talabalar har o‘quv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 19 oktyabrdagi PQ–379-son qarorida nazarda tutilgan.

Tizim 2026/2027 o‘quv yilidan bog‘cha va maktablarda, 2027/2028 o‘quv yilidan o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etiladi.

Diagnostika elektron platformada o‘tkazilib, ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ishtirokchilar psixologik barqarorlik va yordamga ehtiyojiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi. Zarur hollarda ta’lim tashkiloti psixologi yoki mentor psixolog biriktiriladi.

Malaka oshirish kurslariga o‘qituvchi sifatida jalb etilgan psixologlarga shu davr uchun lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama to‘lanadi. Yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar mentor psixolog eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida bir martalik rag‘batlantiriladi. Psixologik xizmat xodimlari kamida har besh yilda malakasini oshiradi.

Shuningdek, Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib, 2027 yil 1 yanvardan uning uchta ixtisoslashgan laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 18:14 21.10.2026. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!