O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 307 ming nafardan oshdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlarning qariyb uchdan ikki qismini joriy yil maktab va kollejlarni bitirgan yoshlar tashkil etmoqda.
Qabul jarayonida qizlar faolligi yuqori bo‘lib, hujjat topshirgan qizlar soni 159,6 ming nafarni, yigitlar soni esa 147,8 ming nafarni tashkil qildi. Bu esa qizlar ulushi yigitlarga nisbatan ko‘proq ekanini ko‘rsatmoqda.