Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

OTMlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:

  • bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar (birinchi bosqich);
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.

Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026 yil 10 iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 21:11. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!