Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Oq uy saytidan migrantlarga qarshi videoo‘yin olib tashlandi

Oq uy saytidan migrantlarga qarshi videoo‘yin olib tashlandi

Oq uy saytidan migrantlarga qarshi videoo‘yin olib tashlandi. Avvalroq uni Tetris tanqid qilgan edi.

Oq uy saytida paydo bo‘lgan «Devor qur» nomli, Tetris o‘yiniga o‘xshash videoo‘yin hozir mavjud emas. Unda o‘yinchi AQSh va Meksika chegarasida devor qurishi kerak bo‘lgan. O‘yin tavsifida: «Chegarani yaqinlashayotgan olomondan himoya qil», degan yozuv bo‘lgan.

CNN xabar berishicha, sentyabr oyi boshida Oq uy saytida paydo bo‘lgan ushbu o‘yin keyinchalik saytdan olib tashlangan.

Tetris kompaniyasi migrantlarga qarshi ruhdagi ushbu videoo‘yinga aloqasi yo‘qligini ochiq ma’lum qildi. Kompaniya «ajratish emas, birlashtirish kuchiga» ishonishini ta’kidladi. Shuningdek, mualliflik huquqlarining buzilishi masalasiga «juda jiddiy» yondashishini bildirdi.

Oq uy saytidagi boshqa o‘yinlar esa hozircha saqlanib qolgan. Jumladan, «Ilon» o‘yini uslubida yaratilgan RioRun o‘yinida o‘yinchi Rio-Grande daryosidan o‘tishga urinayotgan migrantlarni ushlashi kerak. O‘yindagi qahramon Trampning chegara xavfsizligi bo‘yicha vakili Tom Xomanga o‘xshatib ishlangan.

Kiritildi: 20:45 10.09.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!