Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Olmaliqda 10-sinf o‘quvchisi maktabdagi «tarbiyaviy» uchrashuvdan so‘ng vafot etdimi?

Olmaliqda 10-sinf o‘quvchisi maktabdagi «tarbiyaviy» uchrashuvdan so‘ng vafot etdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida maktab o‘quvchilaridan biri «tarbiyaviy» uchrashuvdan so‘ng vafot etgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Nemolchi.uz loyihasi xabar berishicha, 10-sinf o‘quvchisi kuchli stress oqibatida vafot etgan. Unda tromb uzilishi sodir bo‘lgani bois, o‘quvchining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. Ma’lum bo‘lishicha, bu stress ichki ishlar xodimlari ishtirok etgan yig‘ilish tufayli yuz bergan. Mazkur uchrashuv maktabning ota-onalar kengashi vakili tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u boshqa bir o‘quvchini himoya qilishga harakat qilgan.

Viloyat maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Hodisa, joriy yilning 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabning 10-sinf o‘quvchisi (2009-yilda tug‘ilgan) K. Ye. maktab yo‘lagida hushini yo‘qotib, dastlabki tibbiy yordamlarga qarmay vafot etgan.

Hozirda, huquq tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar nihoyasiga yetgach e’lon qilinishi bildirildi.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!