Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Nukusda chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi!

Nukusda chorvachilik loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi!

Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida Nukusda fermerlarimiz uchun hududiy seminar bo‘lib o‘tdi. Loyihani amalga oshirish guruhi va hamkor banklar ishtirokidagi bu tadbir qoraqalpog‘istonlik fermerlar uchun katta tajriba maktabiga aylandi.

📌 Fermerlar nimalarni o‘rganishdi?

✔️ Arizalarni to‘g‘ri tayyorlash: chorvadorlar grant va kredit olish uchun loyihalarni qanday to‘g‘ri rasmiylashtirish va yo‘l qo‘yiladigan xatolarni qanday bartaraf etishni o‘rganishdi.

✔️ Real tajriba: avval loyiha yordamida o‘z xo‘jaligini kengaytirgan fermerlar erishgan yutuqlari va duch kelgan qiyinchiliklari bilan o‘rtoqlashdilar.

✔️ Amaliy mashg‘ulotlar: ishtirokchilar o‘z loyihalarini mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqishdi va banklardan kerakli ekspert tavsiyalarini olishdi.

Seminar nafaqat bilim berish, balki fermerlar, banklar va uyushmalar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish hamda hamkorlikni yanada jonlantirish uchun qulay maydon bo‘ldi

Kiritildi: 15:54 06.07.2026. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!