Nyu-York shahridagi Federal Plaza binosi yaqinida bir kishi noma’lum suyuqlikni to‘kib yubordi, mushakbozlik uyushtirdi va yong‘in qo‘zg‘atdi.
Fox13 telekanalining xabar berishicha, Nyu-York shahar polisiyasi voqeani tergov qilmoqda.
Binoda federal immigrasiya sudi, AQSh Immigrasiya va Bojxona nazorati (ICE) idoralari va vaqtinchalik immigrasiya hibsxonasi joylashgan.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida ikki kishi yengil jarohatlar olgan.
Rasmiylar voqeani "hukumatga qarshi hujum" sifatida tergov qilmoqda. FQB direktori Kesh Patelning so‘zlariga ko‘ra, gumondor hibsga olingan va pnevmatik to‘pponcha musodara qilingan.