Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilishi to‘xtatildi

Navoiy viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining qurilishi to‘xtatildi

Binoning g‘isht terish ishlari va beton o‘zaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmagani aniqlandi.

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Karmana tumani «Talqoq» MFY hududida «Yagona buyurtmachi xizmati» IK buyurtmachiligida qurilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining ikkinchi qavati «G» o‘qining uchinchi hamda to‘rtinchi qatorlaridagi g‘isht terish ishlari va beton o‘zaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarliklar sabab inspeksiya xodimlari tomonidan ob’ektda qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirildi.

Kiritildi: 11:30 05.12.2024. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!